Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Bosh prokuraturasi Berezovskiy, Litvinenko va Skripal ishini o‘zaro bog‘ladi
Foto: RIA «Novosti»
Rossiya bosh prokurori o‘rinbosari Saak Karapetyanning ma'lum qilishicha, Sergey Skripal, Boris Berezovskiy va Aleksandr Litvinenko ishi bitta ssenariy bo‘yicha yuritilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«GRU sobiq zobiti Skripal va uning qizi zaharlanishi haqidagi xabarlar tufayli Rossiyaga qarshi kampaniya Britaniya hukumati tomonidan provokatsion ssenariy bo‘yicha yuritilmoqda. Xuddi shunday holat Rossiya Federatsiyasiga 2003 yilning yozida Londonda Boris Berezovskiyga uyushtirilgan suiqasd va 2006 yilning noyabrida Buyuk Britaniyada Aleksandr Litvinenkoning vafot etish bo‘yicha vaziyatlarda ham kuzatilgandi», - deya aytib o‘tdi Karapetyan.
Uning ta'kidlashicha, barcha uchta holatda ham provokatsiyalar sub'yekti sifatida Rossiyada og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ta'qibda bo‘lgan shaxslardan foydalanilgan.
«Barcha uch holatda Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Buyuk Britaniya hududida zaharlovchi moddalar qo‘llanilishiga doir asossiz ayblovlar yomg‘iri yog‘dirilgandi, shu sababdan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash lozimligi bo‘yicha bayonotlar berildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Karapetyan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripal o‘ziga kelgani va gapira boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
22:17 / 19.12.2025
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi
21:57 / 19.12.2025