Gap şundaki, ba’zi sözlar ongsiz ravişda köp iste’mol qilinaverganidan öz ma’nosini yöqotib qöygan. Bir qaraşda söz bor, ammo ma’nosini kunduzi çiroq yoqib ham topolmaysiz. «Xaloyiq, ma’no qani?!» deb hayqirgingiz keladi.
Şunday iboralarning biri – «milliy ğoya» söz birikmasidir. Bu ibora köp aytiladi, ammo ongimizga, qalbimizga yelçalik ta’sir etolmaydi. Aksinça ensamizni qotiradi. Şuni aytiş kerakki, tuşunçalarning siyqasini çiqarib, ma’nosidan judo qiliş bu – ma’naviy diversiya, buzğunçilikdir.
Xöş, aslini olganda «milliy ğoya» nima degani?
Milliy ğoya şunday bir narsaki, garçi u moddiy bir narsa bölmasa ham «toğlarni qulatadi». Aynan milliy ğoyasini biroz bölsa-da töğri qöya olgan millatlar hozirda boşqalardan – milliy ğoyasini belgilay olmagan yoxud ğoya kerakligini anglamay gangib yurgan xalqlardan özib ketişgan. Zero, millat öz oldiga qöygan töğri milliy ğoya bu – xalqning içki zaxirasini yuzaga çiqaradigan «sehrli» formula, içki kuçlarni harakatga keltiruvçi «detonator».
Kun.uz’ning yangi, «KUN ANIMATION» ijtimoiy multfilmlar loyihasining birinçi qismi şu haqda.
Muhammad Şakur tayyorladi











