Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning maşhur «Maşa va ayiq» animatsion seriali ijodkorlariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqdagi farmon 20-avgust kuni keçqurun Ukraina prezidentining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Çeklovlar multserialni yaratgan «Animakkord» studiyasi hamda Rossiyaning beş nafar fuqarosiga nisbatan joriy etilgan. Ular orasida studiya asosçisi va boş direktori, multserial ssenariy muallifi hamda asarga bölgan huquq egasi bor.

Ukraina prezidenti saytida keltirilgan izohga köra, «Maşa va ayiq» mamlakat milliy xavfsizligi uçun tahdid sifatida baholangan. Ukraina tomoni multserialda bolalar uçun möljallangan kontent niqobi ostida «rossiyaparast ğoyalar» tarqatilayotganini da’vo qilmoqda.

«RBK-Ukraina» naşrining yozişiça, Zelenskiyning mazkur qarori mamlakat hududida «Maşa va ayiq» multserialini namoyiş etişni taqiqlaş uçun huquqiy imkoniyat yaratadi.

Şu kuni Zelenskiy Rossiyaga qarşi sanksiyalarni nazarda tutuvçi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining qarorlarini kuçga kirituvçi yana uçta farmonni ham imzoladi.

Uşbu çeklovlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, rossiyalik amaldorlar va jismoniy şaxslar, şuningdek, Oleg Deripaskaga aloqador «Rusal» guruhi tarkibidagi kompaniyalarga qaratilgan.

Avvalroq, 2026-yil iyun oyida Estoniya taşqi işlar vaziri Margus Saxkna «Maşa va ayiq» multfilmini «Kreml yumşoq kuçining bir qismi» deb atagan edi. Uning da’vosiga köra, multserial bolalar köngiloçar kontenti orqali Kreml tarafdori bölgan va militaristik qaraşlarni singdiradi, şuningdek, Rossiya agressiyasi va imperiyaviy ambitsiyalarini odatiy hol sifatida körsatadi.

Ayni paytda multserial xalqaro striming platformalarida ham keng tarqalgan. 2026-yil iyun oyida Deadline naşri Netflix «Maşa va ayiq»ning ikkita yangi mavsumiga huquqlarni sotib olgani, şuningdek, avvalgi mavsumlar va loyiha spin-offlarini namoyiş qiliş böyiça kelişuvni uzaytirganini xabar qilgan edi.