1 Yanvar

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 2 yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

29 Dekabr

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov farmoyishi asosida Zarafshon shahar hokimi Anvar Rajabovga o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida intizomiy jazo qo‘llanildi. Bunga shahar hokimining mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgan.

28 Dekabr

Kun.uz surishtiruvi ortidan Navoiy viloyati Karmana tumani XTB mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nasiba Sodiqova vazifasidan ozod etildi. Metodist va bosh hisobchini ishdan olish yuzasidan topshiriq berilgan.

Navoiy viloyati Karmana tumani XTB Xalq ta’limi vazirligining bayonotiga zid ravishda chet tili o‘qituvchilariga tarqatilayotgan 1 mln so‘m mablag‘ni naqd ko‘rinishida berib, bozor narxi 60 ming so‘m bo‘lgan kitobni 483 ming so‘mdan pullamoqchi bo‘lmoqda.

26 Dekabr

Kriminalist uchun yagona ilinj – o‘qotar quroldan ikki marta otilishi natijasida boshi majaqlanib ketgan va yuzi tanib bo‘lmas darajadagi murda va uning ustidagi chirish darajasiga yetib qolgan kiyimidan edi.

25 Dekabr

Navoiy shahrida 4 nafar egizak tug‘ildi. Ularga Madina, Muslima, Yunus va Yulduz ismlari qo‘yildi. Kun.uz muxbiri chaqaloqlarning otasi bilan suhbatlashdi.

Navoiy xalqaro aeroportida fuqaro Rossiyadan tegishli hujjatlarsiz ov quroli va uning o‘qlarini olib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

24 Dekabr

Navoiy viloyati ma’muriy sudi sudlov hay’ati 2021 yil 9 dekabr kuni Navoiy shahar prokurori keltirgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi hamda Navoiy tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 13 sentyabrdagi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. Prokuratura sudga Zarafshon shahar hokimining 59 ta farmoyishini haqiqiy emas deb topish yuzasidan ariza kiritgandi.

23 Dekabr

Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Xodjayev Yoshlar agentligi rahbariyatiga o‘tdi.

Xatirchi tumanida 10 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

20 Dekabr

Qiziltepa tumanida qalbaki AQSh dollari bilan savdo qilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingan. U qalbaki pulga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

«O‘zgidromet» 21 dekabr kuni ayrim hududlarda chang bo‘roni kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ko`proq yangiliklar
Top