Hukumat qarori bilan Jamşid Baxtiyoroviç Xodjayev Yoşlar işlari agentligi direktorining örinbosari etib tayinlandi.

Jamşid Xodjayev 1987 yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tuğilgan. 

2008 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini milliy istiqlol ğoyasi yönalişida tamomlagan. 

2017 yildan Özbekiston yoşlar ittifoqi Navoiy viloyati kengaşi raisi bölgan, 2020 yildan Yoşlar işlari agentligi Navoiy viloyat boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

U 2015 va 2020 yillarda Navoiy viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan.

Bundan avvalroq Yoşlar işlari agentligi rahbari örinbosari Farrux Omonov Prezident Administratsiyasi şu’ba mudiri etib tayinlangani xabar qilingandi.