23 dekabr kuni Navoiy şahrida biryöla 4 nafar egizak: 3 qiz va 1 öğil tuğildi. Çaqaloqlarning ota-onasi Şomurod Farmonov va Rahima Abdurahmonova Karmana tumanining Talqoq mahallasida istiqomat qilişadi. Ular 2020 yilda turmuş qurişgan.
“Skrining tekşiruv paytida çaqaloqlar 4 nafar ekani ma’lum bölgandi. Ularning 2 nafari qiz va 1 nafari öğil ekanini öşandayoq aniq aytişgandi şifokorlar. Albatta, quvonçimning çeki yöq”, – deydi çaqaloqlarning otasi Şomurod Farmonov.


Ma’lum bölişiça, birinçi bola 1 570 gramm, ikkinçi bola 1 460 gramm, uçinçi bola 910 gramm, törtinçi bola esa 1 280 grammni taşkil etgan.
DXA Navoiy viloyati boşqarmasining taşabbusi bilan sayyor tartibda xizmat körsatilib, çaqaloqlarning yaqinlariga tuğuruqxonaning özida tuğilganlik guvohnomalari, bank xodimlari tomonidan suyunçi puli topşirilgan.

Ayni paytda ona ham, çaqaloqlar ham şifokorlar nazoratida.
Samarqandda tuğilgan uç egizakka Şavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qöyildi












