Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov farmoyişi asosida Zarafşon şahar hokimi Anvar Rajabovga örtaça oylik iş haqining 30 foizi miqdorida intizomiy jazo qöllanildi. Bunga şahar hokimining mas’uliyatsizligi sabab bölgan.

Viloyat rahbarining 27 dekabrdagi farmoyişiga köra, Zarafşon şahar hokimi Anvar Rajabov zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ta’minlaşda mas’uliyatsizlikka, sustkaşlikka va e’tiborsizlikka yöl qöygan hamda mehnat va ijro intizomini buzgan. Şu sababli unga intizomiy jazo qöllanilgan. Hokim farmoyişiga viloyat prokuraturasining 16 dekabrdagi “Intizomiy javobgarlik töğrisida iş qözğatiş haqida”gi qarori va Anvar Rajabovning tuşuntiriş xati asos sifatida körsatilgan. 

Oldinroq prokuratura Zarafşon şahar hokimining 59 ta farmoyişini haqiqiy emas, deb topiş yuzasidan sudga ariza kiritgan va apellyatsiya sudida ham yutqazgandi.