Ötgan asr 90-yillaridagi uşbu jinoyat oçilişi milliy prokuratura tarixidagi muvaffaqiyat namunalaridan biri bölib qolgan.
Şaxsi noma’lum murda
1993 yil 20 iyun. Kunduzi soat 12larda Navoiy viloyati Konimex tumanidan ötgan asfalt yöldan ikki yuz metrlar uzoqlikdagi daladan yer qazuvçilar noma’lum şaxsning kömib taşlangan jasadiga duç kelişdi.
Murda haqida tegişli idoralarga xabar berildi. Voqea joyiga viloyat prokurori, viloyat boş tergovçisi, prokuror-kriminalist, sud-tibbiyot eksperti, içki işlar boşqarmasining mutaxassis izquvari, tezkor-qidiruv xodimlari hozir böldi. Biroq oradan ma’lum vaqt ötgani sababli, voqea joyida birorta iz yöq edi.
Yagona ilinj – öqotar quroldan ikki marta otilişi natijasida boşi majaqlanib ketgan va yuzi tanib bölmas holga kelgan murda va uning ustidagi çiriş darajasiga yetib qolgan kiyimidan edi.
Bu inson kim, bu yerga qanday kelib qolgan, qotillar kim, nima sababdan, qayerda, qaçon öldirilgan, degan savollarning heç biriga javob yöq. Şu tufayli, tergovçilar oldida öta murakkab vazifa turgani aniq edi.
Dastlab, qasddan odam öldiriş moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Voqea joyi, uning yaqin atrofi örganib çiqildi. Murdaning tanasi sinçiklab örganildi, namunalar olindi.
Sud-tibbiy ekspertiza quyidagi xulosani berdi: marhum örta yoşlardagi yevropa millatlari toifasiga mansub. Boşiga qöşoğiz ov miltiği bilan 2 marta tirab otilgan soçma öq oqibatida ölim topgan. Şu bilan birga, öng umurtqasidagi 6, 7 va 8-qovurğa suyaklari singan bölib, bu jarohatlar jinoyat sodir etiş paytida jismoniy kuç işlatilgani, tepkilaş ta’sirida bölgani ehtimoli bor. Boş suyagida öq izlaridan taşqari, majaqlangan boşqa jarohatlar izi ham bor edi. Bu jarohat boltaning sirti yoxud şunga öxşaş oğir va qattiq predmet bilan uriş natijasida yetkazilgan bölişi mumkin.
Navbatdagi vazifa – marhumning şaxsini aniqlaş edi. Şu sababli, tevarak-atrofdagi aholi yaşaş punktlaridan bedarak yöqolgan insonlar suriştirildi. Ammo bedarak yöqolganlar orasida murdadagi belgilarga öxşaşi topilmaydi.
Kalavaning uçi topilgandek...
Nihoyat, Buxoro viloyatidagi (Hozirda Navoiy viloyatida) Zafarobod qörğoni içki işlar bölimidan keltirilgan yiğmajildlar orasida 1993 yil 25 may kuni Sergey Ivanov ismli şaxs bedarak yöqolgani va keyinroq uning xabari topilgani haqidagi iş uçrab qoladi.













