Xatirçi tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 4-sinf öquvçisi Zarina Muxiddinova çet tilini biliş darajasi böyiça B2 qölga kiritdi. Bu Navoiy viloyatida eng yaxşi natijalardan biri bölgan.

Kun.uz muxbirining aniqlik kiritişiça, Zarinaning onasi Mohiçexra Rustamova oliy toifali ona tili va adabiyot fani öqituvçisi. Otasi Husniddin Baratov esa tarix fanidan repititorlik qiladi.

Zarina çet tilini örganiş bilan bir qatorda şaxmat bilan ham şuğullanadi. U şaxmat böyiça ötkazilgan turli musobaqalarda viloyat hamda respublika darajasida turli sovrinlarni qölga kiritgan.

“Maktabimizda çet tilini biliş darajasi böyiça sertifikat olgan yuqori sinf öquvçilari köp. Ammo boşlanğiç sinf öquvçilari orasida yöq edi. Zarina yoş toifasi böyiça B2 sertifikatini qölga kiritişda nafaqat maktab yoki tumanimizda, viloyatimizda ham yaxşi natija qayd etdi”, deydi u tahsil olayotgan maktab öqituvçisi Dilşoda Mustafoyeva.

Zarina Muxiddinova B2 sertifikatini ilk urinişdayoq olgan.

Eslatib ötamiz, OTMga öqişga kirişda çet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi.