23 Avgust

Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga boshqa hududdan kelgan odam qiziq holatni ko‘rishi mumkin. Shahardagi aksariyat uylar, ularning qo‘rg‘on devorlari toshdan qurilgan. Ushbu manzara kuzatuvchida go‘yoki tarixiy davrga qaytib qolgandek tasavvur uyg‘otadi.

21 Avgust

Qishloq joylarida ko‘pchilik og‘ilxona, tandirxona yoki qo‘rg‘on devor qurishda xalq orasida “dev g‘isht” deya ataladigan g‘isht turidan foydalanadi. Hajmi ancha katta hamda vazni og‘ir bo‘lgani uchun uni devga qiyoslashadi. Navoiy viloyati Karmana tumanining Bog‘ishamol mahallasida yashovchi Nigora Hamroyeva har yili minglab ana shunday katta hajmli g‘isht quyib sotadi.

20 Avgust

Karmana tumanida joylashgan pochta aloqa bo‘limi orqali 2019 yil mart-dekabr oylarida iste'molchilardan foydalanilgan tabiiy gaz uchun qabul qilingan qariyb 240 million so‘m pul abonentlarning hisob raqamiga tushmaganligi aniqlandi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda.

19 Avgust

2021 yilning 18 avgust kuni Polsha harbiy-havo kuchlarining Lockheed C-130H Hercules harbiy samolyoti 50 kishini Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib keldi.

17 Avgust

2021 yilning 1 avgust kuni Navbahor tumanining Yangiyo‘l mahallasida yashovchi fuqaro simyog‘ochga chiqib, tok urishi oqibatida vafot etgan. Navoiy viloyati prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini ma'lum qildi.

Nurota tumanida mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

16 Avgust

Avgust oyida Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Konimex, Xatirchi tumanlari va Navoiy shahri hududidan radar va kameralar o‘rnatish huquqi bo‘yicha 15 ta joy sotuvga chiqarildi.

Navoiy shahri hududida inson o‘limi bilan bog‘liq mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YXHB axborot xizmati xabar bermoqda.

14 Avgust

Karmana va Navbahor tumanlarida farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment to‘lamasdan qochib yurgan qidiruvdagi 5 nafar ota topildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Uchquduq tumanida 87,3 million so‘mlik temir quvurlarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

13 Avgust

Navoiy shahrida propan tashuvchi yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni shoxobcha hududida portlab ketdi. Natijada shu yaqin atrofdagi yengil mashina ichida bo‘lgan to‘rt kishi turli darajada kuyish jarohatini oldi.

11 Avgust

Kun.uz Zarafshon shahar prokuraturasi shahar hokimining 2021 yil aprel-may oylaridagi 59ta farmoyishini haqiqiy emas deb topish yuzasidan sudga ariza kiritgani, shahar hokimligi prokuraturaning keltirayotgan vajlarini asossiz deb hisoblayotgani hamda o‘rtada 59 nafar fuqaro sarson bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Ko`proq yangiliklar
Top