Ammo şahar ahli uçun bu hayratlanarli holat emas. Çunki hududda yaşovçi aholining aksariyat qismi uy qurişda toşdan foydalanadi. Negaki, öz marmarlari bilan maşhur bölgan Ğozğonda toşdan uy quriş ança qulay va arzonga tuşadi.

“Oldingi davrlarda ota-bobolarimiz uyni paxsa va ğiştdan qurişgan. Keyinçalik hududda marmar konlari topilgan. Uylarni toşdan qurişning asosiy sabablari arzon, mustahkam va çiroyli bölişida. Şuning uçun aksariyat uylar toşdan qurilgan. Hududimizda toş köp, dehqonçilikday gap. Aslida, bu ham san'at asariga öxşaydi. Ustalar sement bilan qorib, erinmasdan terib çiqişadi”, — deydi şaharda yaşovçi Haqnazar Rahimov.

Toşlar şu iş bilan maşğul bölgan maxsus ustalar tomonidan teriladi. Ammo mahalliy aholining aytişiça, toşdan qurilgan uylar qişda sovuq, yozda issiq böladi.

Ğozğon şahar hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga köra, bugungi kunda hududda 2 ta marmar koni hamda “Paşot I” va “Galeryan” kabi granit konlari mavjud. Uşbu konlarning umumiy hajmi marmar böyiça 36 million m3ni, granit böyiça 108,3 million m3ni taşkil etadi. Bundan taşqari, hududda hali örganilmagan va geologiya qidiruv işlari ötkazilmagan konlar ham bor. Demak, bu yerda uy quriş istagida bölganlar uçun toşdan arzon quriliş materiali topilmasa kerak. Qolaversa, taşib keliş xarajati ham qimmatga tuşmaydi.

Haqiqatan, şahardagi uylarning devorlari san'at asariga öxşaydi. Har bir toş e'tibor va ölçam bilan mozaika singari terib çiqilgan, birining örniga boşqasi tuşmaydi.

Ruslan Saburov,

Kun.uz muxbiri.