Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi simyog‘och voqeasi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda
2021 yilning 1 avgust kuni Navbahor tumanining Yangiyo‘l mahallasida yashovchi fuqaro simyog‘ochga chiqib, tok urishi oqibatida vafot etgan. Navoiy viloyati prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini ma'lum qildi.
Voqea guvohlarining ta'kidlashicha, simyog‘ochga chiqqan fuqaro elektr energiyasini yuqori kuchlanishli fazaga ulamoqchi bo‘lgan. Ammo u tok urishi oqibatida voqea oyida vafot etgan.
“Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJholatga rasmiy munosabat bildirib, mazkur hududdan elektr ta'minoti bilan bog‘liq murojaat tushmaganini, marhum xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini bajarmasdan turib, o‘zboshimchalik bilan ish bajarganini ta'kidlagan.
Navoiy viloyati prokuraturasining rasmiy munosabatiga ko‘ra, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro O.A. haqiqatan ham simyog‘och ustida, voqea joyida vafot qilgan. Holat yuzasidan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026