“Mehnatimdan uyalmayman” - g‘isht quyib sotayotgan ayol
Qishloq joylarida ko‘pchilik og‘ilxona, tandirxona yoki qo‘rg‘on devor qurishda xalq orasida “dev g‘isht” deya ataladigan g‘isht turidan foydalanadi. Hajmi ancha katta hamda vazni og‘ir bo‘lgani uchun uni devga qiyoslashadi. Navoiy viloyati Karmana tumanining Bog‘ishamol mahallasida yashovchi Nigora Hamroyeva har yili minglab ana shunday katta hajmli g‘isht quyib sotadi.
Asli samarqandlik bo‘lgan Nigora Hamroyeva hayotning achchiq sinovlariga duch kelib, 3 nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan. Bundan 4 yil oldin yaqinlarining yordami hamda o‘zining mehnati bilan Karmana tumanidagi Bog‘ishamol mahallasidan qurilishi bitmagan hovli sotib olgan. Na elektr energiya, na tabiiy gaz bo‘lgan hovlining tomorqasi ham chuqur qilinmagandi.

Tomorqani kovlatib, tuprog‘ini tashib chiqish uchun texnika va mablag‘ kerak. Boshi qotgan ona bir o‘q bilan ikki quyonni urishning yo‘lini topgan. Ta'kidlashicha, avvaliga o‘zlarining chala qurilishini davom ettirish uchun hovli sathidan g‘isht quya boshlagan. Keyinchalik g‘isht quyib sotish mumkinligini o‘ylab, bu ishga jiddiy kirishgan. 4 yildan buyon g‘isht quyib sotayotgan ona bugun shuning orqasidan farzandlarini o‘qitayotganini aytadi.
“Bu yerlar qir edi. Tuprog‘ini tashishga texnika va pul topolmay, o‘zimiz ketmon bilan kovlab, g‘isht quya boshladik. Mana, uyimiz ham, tomorqamiz ham ancha epaqaga kelib qoldi. Mehnatimdan uyalmayman. Aksincha, og‘ir vaziyatda o‘zimda kuch va imkon topa olganimdan faxrlanaman. Hozir ro‘zg‘orimiz shu mehnatimiz bilan o‘tyapti, farzandlarimni o‘qityapman. Hozirda bolalarim o‘quv markaziga qatnab, arab tilini o‘rganmoqda. Hali kamchiligimiz ko‘p. Muhimi, hayot sinovlarida sabr bilan harakat qilinsa, ko‘p narsaga erishish mumkinligini tushundik”, — deydi Nigora Hamroyeva.
Bu ishlarda onaga ikki nafar o‘g‘li ko‘makdosh. Biri loy tayyorlasa, ikkinchisi tashib yoki qolipga solib turadi. Ona farzandlari ham mehnat qilib topilgan pul qadrli bo‘lishini his qilayotganidan mamnun.
Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov.
R/s: Lavha orqali bir oilaning og‘ir kunini emas, bir ayolning matonatini ko‘rsatishni maqsad qildik. Chunki farzandlarining kelajagi uchun halol mehnat qilib, g‘isht quyib sotayotgan Nigora Hamroyevadagi matonat bizni hayratga soldi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston | 11:45
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
-
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
O‘zbekiston | 11:05
Mavzuga oid

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025