Karmana tumanida joylaşgan poçta aloqa bölimi orqali 2019 yil mart-dekabr oylarida iste'molçilardan foydalanilgan tabiiy gaz uçun qabul qilingan qariyb 240 million söm pul abonentlarning hisob raqamiga tuşmaganligi aniqlandi. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2019 yilda Karmana tumanida istiqomat qiluvçi 2 nafar fuqaro tabiiy gaz uçun poçta aloqa bölimi orqali tölovlarni amalga oşirgan. Ammo bu tölovlar gaz ta'minoti hisob raqamiga tuşmaganligi sababli asossiz qarzdorlik paydo bölgan. Iste'molçilar huquqlarini himoya qilinişini sörab, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining Navoiy viloyati hududiy tuzilmasiga murojaat qilişgan.
Örganiş jarayonida 2019 yilda “Özbekiston poçtasi” AJ Navoiy filialining poçta aloqa bölimlari tomonidan “Munis” dasturi orqali 2 233 nafar iste'molçining tabiiy gaz uçun tölagan 239,9 million sömlik pul mablağlari “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filialining tegişli hisob raqamiga kelib tuşgan bölsa ham, iste'molçilarning şaxsiy abonent hisob raqamlariga kelib tuşmaganligi aniqlangan.
Agentlikning Navoiy viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filialiga holat yuzasidan körsatma xati yuborilib, abonentlarning hisob raqamiga tuşmagan tölov “Karmanatumangaz” bölimi tomonidan “Bilinggaz” dasturiga kiritilgan hamda iste'molçilarning gazdan asossiz qarzdorligi bartaraf etilgan.
Oldinroq Navoiydagi ohak sexida noqonuniy tarzda 130 million sömlik tabiiy gaz işlatilgani xabar qilingandi.
















