Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi propan shoxobchasida gaz balloni portladi. To‘rt kishi jarohatlandi
Navoiy shahrida propan tashuvchi yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni shoxobcha hududida portlab ketdi. Natijada shu yaqin atrofdagi yengil mashina ichida bo‘lgan to‘rt kishi turli darajada kuyish jarohatini oldi.
12 avgust kuni oqshomga yaqin Navoiy shahri Kimyogarlar ko‘chasida joylashgan propan gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi.
FVV xabariga ko‘ra, portlash “ZIL-130” rusumli propan yoqilg‘isini tashish avtomobili o‘zidagi suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida sodir bo‘lgan.
Portlash natijasida yuk avtomobiliga foydalanish uchun o‘rnatilgan gaz balloni yorilgan, natijada yong‘in kelib chiqqan. “ZIL-130” rusumli suyultirilgan yoqilg‘i tashish avtomobiliga o‘rnatilgan sig‘imga zarar yetmagan.
Hodisa oqibatida shoxobcha yaqinidan xarakatlanib ketayotgan “Moskvich-412” rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi turli darajada kuyish jarohatini olgan, halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotida.
Navoiy viloyati FVB axborot xizmatiga ko‘ra, jarohatlanganlar RShTYoIM Navoiy viloyati filialiga joylashtirilgan.
26 yoshli jabrlanuvchida tana sathi kuyishi 94-95 foiz, chuqur kuyish 70 foiz deya qayd etilgan. 27 yoshli jabrlanuvchida esa tana sathi kuyishi 83 foiz, chuqur kuyish 60-65 foizni tashkil etgan.
35 yoshli jabrlanuvchida tana sathi kuyishi 70 foiz, chuqur kuyish 40-45 foiz. 39 yoshli jabrlanuvchida esa tana sathi kuyishi 38-40 foiz, chuqur kuyish 16-17 foiz.
Portlash “Propan Best” MChJga qarashli shoxobchada ro‘y bergan.
Yong‘in o‘chirish qismidan voqea joyigacha masofa – taxminan 1 km. Yong‘in haqida FVBga soat 19:16 da xabar kelib tushgan, birinchi ekipaj soat 19:18da manzilga yetib borgan.
Yong‘inni o‘chirishga jami 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan bo‘lib, soat 19:45 da yong‘in qurshab olingan va soat 19:53 da batamom o‘chirilgan.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
13:47 / 09.06.2026