23 Oktabr

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida issiqxonada qishki pomidor va bodring yetishtirayotgan parnikchilar Kun.uz tahririyatiga murojaat bilan kelishdi. Ular yetishtirayotgan poliz ekinlari endi pishay deb qolganda, 19 oktyabr kuni bir kunda ogohlantirish xati berilib, gazdan uzishibdi.

22 Oktabr

U viloyat IIB YHXBdagi tanishlari orqali mast holda mashina boshqargan shaxsning mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishni va ishni bosti-bosti qilishni va’da qilgan.

17-21 oktabr kunlari Kuala-Lumpur shahar meri o‘rinbosari Xayrul Ahmad bin Mohd Juri boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi Samarqand kunini nishonlash doirasida O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

21 Oktabr

Tersak - Urgut tumanidagi tabiati so‘lim qishloqlardan sanaladi. Omonqo‘ton darasiga chiqib boraverishda o‘ng tomonda joylashgan. Ushbu qishloqqa Prezident Farmoni bilan turizm qishlog‘i maqomi berilgan. Ammo qishloqda bunday «unvon»ga xos bo‘lmagan talay muammolar saqlanib turibdi.

Direktor 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 11 yoshli o‘quvchini paqildoq otganlikda gumonlab urgan. Oqibatda uning quloq pardasi yirtilgan.

20 Oktabr

13 oktyabr kuni Samarqand shahrida «Lasetti» yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, uning ichida bo‘lgan besh kishi vafot etgandi. Temir to‘siq qurilishi nima sababdan to‘xtab qolgani yoki tungi yoritkichlar ishlamayotgani turli savollarni yuzaga keltirdi.

19 Oktabr

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 18 va 19 oktyabr kunlari oralig‘ida Samarqand viloyatida sutka davomida 36 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ib o‘tgan va bu Bulung‘ur tumanida sel oqishiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlari navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.

Jomboyda “Spark” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Nexia” bilan to‘qnashishi oqibatida “Spark” haydovchisi va tug‘uruqxonadan olib kelinayotgan uch kunlik chaqaloq vafot etdi.

Hodisa 2022 yil 12 oktyabr kuni Urgut tumani XTBga qarashli 61-maktabda sodir bo‘lgan.

Hududlarning doimiy aholisi soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

18 Oktabr

Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ko`proq yangiliklar
Top