Surxondaryo viloyati prokuraturasi Denov tumanidagi şifoxonada ikki ayol hamşirani farzandi oldida kaltaklaşi holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

18 oktyabr kuni soat 10:30 larda Denov tumani Sil kasalliklari şifoxonasi boş hamşirasi D.I. öziga taniş bölgan S.Q. hamda S.T. bilan oldindan ziddiyati bölganligi sababli özaro janjallaşib, janjal vaqtida D.I. ni urib, unga «yengil» tan jarohati yetkazilgan.

Viloyat IIB ma’lumotiga köra, hamşirani kaltaklayotgan ayol u bilan janjallaşgan hamşiraning onasi bölgan. Holatni jabrlangan hamşiraning voyaga yetmagan qizi qöl telefonida tasvirga olib turgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra, 23 oktyabr kuni S.Q. va S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlarining borişi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.