Kun.uz Samarqand viloyati IIBdan olgan ma’lumotga köra, 18 oktyabr kuni soat 13:40da Jomboy tumani Kökgumbaz mahallasi hududidan ötuvçi 4K-502 avtomobil yölining 10-km “Şirinkent-Ğazira” yönalişida odamlar ölimi bilan boğliq avtohalokat sodir bölgan.
Haydovçi N.N. boşqaruvidagi “Spark” rul boşqaruvini yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va A.A. boşqaruvida harakatlanib kelayotgan “Nexia”ga borib urilgan.

Kun.uz'ning aniqlik kiritişiça, “Spark” haydovçisi N.N. va “Nexia” içida bölgan çaqaloq hodisa joyida vafot etgan. Tuğilganiga 3 kun bölgan çaqaloq tuğuruqxonadan olib ketilayotgan bölgan.
“Nexia” haydovçisi va undagi yölovçilar jiddiy tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlaşmasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















