O‘zbekiston | 08:03 / 19.10.2022
14128
2 daqiqa o‘qiladi
Samarqand doimiy aholi soni bo‘yicha hududlar o‘rtasida yetakchilik qilyapti
Hududlarning doimiy aholisi soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
2022 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti – 4 mln kishi.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 3,9 mln kishi hamda 3,4 mln kishi bo‘lgan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Andijon viloyati – 3,3 mln kishi;
- Toshkent viloyati – 2,9 mln kishi;
- Namangan viloyati – 2,9 mln kishi;
- Toshkent shahri – 2,9 mln kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2,7 mln kishi;
- Buxoro viloyati – 2 mln kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1,9 mln kishi;
- Xorazm viloyati – 1,9 mln kishi;
- Jizzax viloyati – 1,4 mln kishi;
- Navoiy viloyati – 1 mln kishi;
- Sirdaryo viloyati – 892,2 ming kishi.
O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024