Samarqand viloyat xalq ta’limi boşqarmasi Urgut tumanidagi 61-maktab direktori şu maktabning 6-sinf öquvçisi D.H.ni urib jarohat yetkazgani töğrisidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, holat yuzasidan işçi guruhi örganişlar olib borganini ma’lum qildi.
Örganişlarda aniqlanişiça, 2022 yil 12 oktyabr kuni soat 13:30 larda 61-maktabning 6-sinfida dars ötayotgan ona tili va adabiyot öqituvçisi koridorda direktorning ovozini eşitgaç, çiqib unga bolalar darsga quloq solmasdan pirotexnika vositalarini portlatayotganidan şikoyat qilgan.
Direktor sinfxonaga kirib sörab ötirmasdan şu sinf öquvçisi D.H.ni urib ketgan. Guvohlarning ta’kidlaşiça, jabrlanuvçi sinfdagi bezorilikda iştirok etmagan.
Yuqoridagi holatdan kelib çiqib, Urgut tumanidagi 61-maktab direktori B.R. viloyat xalq ta’limi boşqarmasining tegişli buyruğiga asosan lavozimidan ozod etilgan.
«Samarqand viloyat xalq ta’limi boşqarmasi har qanday holatda ham öqituvçilarning öquvçilarga bölgan agressiv munosabatlarini qoralaydi. Ustoz deganda, köz oldimizda mehr-muhabbat timsoli gavdalanadi. Bejizga ustozlar haqida gap ketganda, “mehri daryo ustozlar” deya ta’rif berilmaydi. Ustozlar, maktab rahbarlari nafaqat yuriş-turişi, balki, odob-axloqi, muomala madaniyati bilan ham atrofdagilarga şaxsiy namuna bölişlari şart va lozimdir», deyiladi viloyat XTB munosabatida.
Eslatib ötamiz, tibbiyot xodimlari direktor urgan bolaning quloq pardasi yirtilganini qayd etişgan.












