Çoç, Vihara, Semizkent... Viloyatlar nomlari qanday ma'noni anglatadi?
|18:00 / 01.01.197052 4178 min
Özbekiston viloyatlari nega hozirgi nomi bilan atalişiga heç qiziqib körganmisiz? Quyida şu mavzuga doir toponimik ma'lumotlarni keltirib ötamiz.
Andijon
Bu nomning kelib çiqişi borasida juda köp taxminlar mavjud. Buni şaharning Buyuk ipak yölida muhim örin egallagani, tranzit hudud sifatida turli millat va elatdagi savdogarlarga qönoq bölgani va tabiiyki, har bir tilda alohida nomlangani bilan izohlaş mumkin.
Afsonalardan biriga köra, Turonzamin hukmdorlaridan biri bölgan Afrosiyobning qizi Adinajan betob bölib, davo topiş ilinjida vodiy hududlariga keladi va bu yerning şifobaxş havosi bilan tuzaladi. Buning şarafiga Afrosiyob bu yerda şahar barpo etib, qizining nomini beradi. Lekin bu şunçaki afsona xolos.
Boşqa variantga asosan, şu hududda adok, andi, azok nomli turli qabilalar istiqomat qilgan bölib, Andijon nomi şunga boğlanadi. Juda qadim zamonda bu yerda andi qabilasi yaşagani va «andilar makoni» sifatida Andijon nomini olgani haqida ham taxminlar bor.
Ba'zi xorijiy toponimika luğatlarida «Andikan» ─ daryo böyida joylaşgan şahar ma'nosini anglatadi, deya keltirilgan örinlar ham kuzatiladi.
Hozirgi Andijon hududida ilk şahar qal'ani barpo etgan şaxs ─ qabilaboşining ismi Andi bölgani va uning şarafiga şahar şunday nomlangani haqida ham farazlar yöq emas.
Farğona
Olimlar «Farğona» sözi bundan 13 asr ilgari söğd yozuvlarida «Parğana», «Prağana» şakllarida yozilganini ta'kidlaşadi.
Ba'zi manbalarda bu söz hind-sanskrit tilida «kiçik viloyat», fors tilida «toğ oraliğidagi vodiy», «atrofi berk soylik» degan ma'nolarga egaligi qayd etilgan.
Namangan
Vodiyning şimoliy hududlarida yirik tuz konlari bölgani arxeologik qazişmalar asosida dalillangan. Hududda eramizning dastlabki asrida oş tuzi olingan köl bölgani ham taxmin qilinadi.
Mavzuga oid
Şu bois bu hududga forsça «Namak kon» – tuz koni nomi berilgan. Vaqt ötişi bilan esa bu söz Namangan şaklini olgan.
Toşkent
Qadimda Çoç, Şoş nomlari bilan atalgan hozirgi Toşkent hududining etimologiyasi haqida dastlabki ma'lumotni Xitoy manbalari beradi. Şi, Çjyeşi, Jaç, Çoç, Şoş ─ bu nomlarning barçasi toş ma'nosida şu hududga berilgan.
Turkiy manbalarda esa xuddi şu «toş» ma'nosini anglatuvçi «Toşkent», ya'ni toş şahar nomi keltiriladi. Aynan toş şahar deb nomlanişi hududda binolarning toşdan qurilgani, qal'alarning mustahkamligi bilan izohlanadi. Lekin bu borada turli çigalliklar mavjud.
Samarqand
Samarqand toponimi qadimgi söğd tilidagi «asmara» ─ toş, qoya va «kand» ─ şahar, qal'a sözlaridan şakllangan, degan qaraş mavjud. Ba'zi yozma manbalar bu hududning nomi turkiy «semizkent», ya'ni boy şahar ma'nosini anglatadi, deya guvohlik beradi.
Örta asrlarga oid Xitoy manbalari va Abu Rayhon Beruniy ham şahar nomi bilan boğliq «simisekan» ─ semiz, yöğon şahar degan variantni tasdiqlaydi. Bu barça asrlarda madaniyatlar çorrahasi hisoblangan Samarqanddagi tökinlik, hunarmandçilik va savdoning rivoji bilan boğlanadi.
Sirdaryo
Özbekistonning eng yoş viloyatlaridan biri hisoblangan, Mirzaçöl hududlarini obod etiş natijasi ölaroq şakllangan viloyat öz nomini Markaziy Osiyoning asosiy ikki daryosidan biri ─ Sirdaryo nomidan özlaştirgan.
Dastlabki davrda Yaksart («durli daryo»), Sayhun nomlari bilan atalgan daryoning hozirgi nomi böyiça ikki xil qaraş mavjud. «Sir» sözi qadimgi turkiy tilda yaxşi, körkam, tökin, asosiy kabi ijobiy sifatlarni anglatiş uçun qöllanilgan degan qaraş bor.
Rus tarixçisi Bartold esa «sir» sözini daryoning quyi oqimi böylarida yaşagan qadimgi qabilalardan birining nomi bilan boğlaydi.
Jizzax
Jizzax hududidagi şaharlar haqidagi ilk ma'lumotlar milodiy X asrga tegişli yozma manbalarda uçraydi. Hudud nomi qadimgi söğd tilidagi «Dizak» ─ kiçik qal'a, katta bölmagan şaharça ma'nosini anglatadi.
Navoiy
Özbekiston iqtisodiyotida alohida öringa ega Navoiy viloyatining nomi mutafakkir Alişer Navoiy şarafiga bağişlab qöyilgani heç kimga sir emas.
Hudud jihatidan eng katta viloyatga (110800 km.kv.) 1982 yilda asos solingan. Samarqand va Buxoro viloyatining hududlaridan ajratilgan holda taşkil etilgan viloyat energetika hamda kon-metallurgiya böyiça respublikaning yetakçi hududlaridan biri hisoblanadi.
Surxondaryo
Özbekistonning eng janubiy viloyati Surxondaryo özining gözal tabiati bilan ajralib turadi. Viloyat nomi şu hududdan oqib ötuvçi daryo ─ Surxondaryo (Amudaryoning öng irmoği) bilan boğliq.
Foto: Sreda.uz
Suv havzasining nomi esa tojik tilida «surx» ─ qizil daryo ma'nosini anglatadi. Bu daryoning jöşqinligi va toşib oqişi bilan boğliq.
Qaşqadaryo
Sohibqiron Amir Temurning ota yurti hisoblangan, sarhadsiz yaylovlari bilan dong taratgan Qaşqadaryo öz nomini hududidan oqib ötuvçi suv havzasi ─ Qaşqadaryo (Zarafşon daryosining asosiy özanlaridan biri)dan olgan.
Daryoning bunday nom olişi esa qadimgi qabilalardan biri «qaşqa» nomi bilan yoki suv havzasidagi suvning tiniqligi bilan boğlanadi, degan taxminlar mavjud.
Buxoro
Azaldan ilm-ma'rifat rivojlangan, islom dinining yetakçi peşvolari yurti hisoblangan Buxoroning etimologiyasiga oid bir neça fikrlar bor.
Tarixçi Juvayniyning taxminiga köra, Buxoro sözi sanskritça «Vihara» ─ «buddizm ibodatxonasi» sözidan kelib çiqqan. Lekin bu hududda buddizm dini bilan boğliq heç qanday artefakt topilmagani bois mazkur variant unça ommalaşmagan. Qadimgi söğd tilida Buxoro ─ «baxtli joy, bilim manbasi, ma'rifat kesişmasi» ma'nolarini anglatadi, degan variant ilmiy davralarda kengroq tarqalgan.
Xorazm
Xorazm toponimi manbalarda turliça keltirilgan: Avestoda Xavirizem, qadimgi forsiy tilda Uvarazmis, lotinçada Xorasmiya, yunonçada Xorazmiya. Arab manbalarida esa Xvorazm şaklida tilga olingan.
Xorazm atamasining ma'nosini rus olimi Bartold eronçadan «xurşed» va «zmzem» ─ «quyoşli ölka», «quyoşli yer» sifatida talqin qiladi.
Söğdşunos olim Bogolyubovning fikriça, mazkur toponim «xu» – yaxşi, «var» – marza, devor, qal'a, «zem» ─ yer, ölka qismlaridan tarkib topgan. Barça taxminlar umumlaştirlganda, Xorazm sözi «mustahkam qal'alari bor diyor», «yaxşi qörali yer» degan ma'nolarni anglatadi.
Qoraqalpoğiston
Qoraqalpoğiston hududida odamlar neolit davridan beri yaşab kelgani taxmin qilinadi. Dastlabki qabilaning nomi manbalar va tarixiy artefaktlarda «saka tigraxauda» – «uçli kuloh kiygan saklar» sifatida keltirilgan. Bu yerda asosan çorvadorlik bilan şuğullangan qabila ─ qoraqalpoqlar istiqomat qilgan.
Yaylovlarda poda boqiş bilan kun körgan elat uçun qöy terisidan qilingan qalpoq kiyib yuriş odat bölgan. Tantana va marosimlarda ayol va erkaklarning ust-boşi ham asosan qora mato, qizil bezaklardan tayyorlangan.
Badiiy adabiyot manbalarida bu qabila hatto özlari uçun nom tanlamagani, juda ozçilik bölgani bois bir-birini yaxşi tanigani haqida ma'lumotlar ham keltiriladi. Faqatgina savdogarlar, ular bilan qöşni yaşagan xalqlar ajratib körsatiş uçun taşqi körinişidan kelib çiqqan holda «qoraqalpoq» nomini ularga berişgan, degan farazlar mavjud.