Tarixi moziyning tiniq buloqlaridan suv içgan xalqimiz biror joyni nomlaşdan oldin, öşa hududni öziga xos jihatlaridan kelib çiqib iş körgani aniq.  

Ma'lum bir şahar yoki qişloqning nomlanişi, afsona va rivoyatlar şu xalqning bir neça ming yillik ötmişini aks ettirib, kişilik jamiyatining tarixini yaratişda asosiy manbalardan biri bölib xizmat qiladi.

Yurtimiz böylab sayohatga çiqsangiz, yölda uçragan şahar, tuman, qişloq, daryo va soylarning nomlanişiga közingiz tuşib: “Aynan şunday nom berilişiga nima sabab bölgan ekan?”, deb öyga tolişingiz tabiiy.   

Joylarning nomlanişi fanda – toponimika deb ataladi.  Xuddi şunday toponimlardan biri - «Mitan yoki Muytan» XIX asrning ikkinçi yarmidan to şu kunga qadar tilşunoslar, adabiyotçilar, tarixçi va geograflar örtasida bahs-munozaralarga sabab bölib kelayotganidan xabarimiz bor. 

Farğonalik yoşi uluğ, köpni körgan otaxon bilan suhbatlaşganimda u kişi: “Qaçondan beri dovon nomi Qamçiq bölib qoldi hayronman. Ota-bobolarimiz vodiydan çiqib ketuvçi toğli yöldan ötiş maşaqqat va xavfli ekanligi uçun kamroq çiqişni maslahat berib – “Kamçiq” deya atagan”, degan edi. Bu ma'lumot qay darajada töğri ekanligi esa men uçun qoronği. Balki oddiy xalq aytişga qiyin bölgan nomni özlaştirib va özgartirib soddaroq körinişga keltirgandir.

Andijonlik yoş tarixçi olim Iskandar Madğoziyev bilan Farğona vodiysidagi joy nomlari bilan boğliq kitoblarni örganib, juda köp qiziqarli ma'lumotlarga ega böldik. Biz uçun topilma bölgan moziy sirlari sizni ham qiziqtirsa kerak degan umid ila bilganlarimizni örtoqlaşmoqçimiz.

KAMÇIQ (Kendir dovoni) – Farğona vodiysini Toşkent bilan boğlaydigan qadimiy dovon yöli. Çotqol toğini kesib ötadi. “Boburnoma”da “Kendirlik” deb tilga olingan. Keyingi yillarda bu yöl toğdan oqib tuşuvçi kiçikkina “Qamçiqsoy” nomi bilan “Qamçiqdovon” deb atalib ketdi. Bunday deyiş notöğridir. “Kendir” nomining ma'nosi bizga hozirça noma'lum. Balki, öşa ötiş xavfliligi uçun “Kamçiq” deya nomlanişi (muallif izohi) haqidagi faraz töğri bölsa kerak. 

KOSON  - Qadimiy “Kuşon” nomining (eramizdan avvalgi III  va eramizning IV asrlari) özgargan körinişi. Qadimgi Kuşon imperiyasining “kuşan” uruği (etnonim) nomidandir. Namangan viloyatidagi tuman va daryo nomlari “Kosonsoy”dir. Qaşqadaryodagi Koson tumani nomi ham öşandandir.