Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar logotiplarini yaratiş işlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida hududlarning turistik logotiplarini işlab çiqişga doir tanlov haqida e'lon qilgan edi.

Şu sababli, qömita mazkur tanlov yakunlanişiga 2 kun qolgani munosabati bilan tanlov haqida yana bir bor eslatib qöyişga qaror qildi.
Kimlar iştirok etişi mumkin?
Hududlar logotiplarini tayyorlaşga doir tanlovda 16 yoşdan oşgan kişilar, şu jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixçilar va turizmga qiziqişi bölgan boşqa kişilar iştirok etişi mumkin.
Tanlov şartlari
Loyihalar tanlovda mualliflarning özi tomonidan taqdim etiladi. Tanlovda iştirok etiş quyidagi material va hujjatlar kerak böladi:
- belgilangan namunadagi ariza;
- tanlovga taqdim etilayotgan logotipning qisqaça tavsifi;
- loyihaning elektron versiyasi: Tiff, Psd yoki Jpeg 1500 px formatidagi logotip.
Qanday jihatlarga e'tibor qaratiladi?
Tanlovga yöllangan loyihalarni baholaşda ularning kreativligi, yodda qolişi, öziga xosligi, yorqinligi va oddiyligi inobatga olinadi.
Mukofot summasi
Tanlov ğoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va ularning ijodiy işlari hududlar logotiplari sifatida tasdiqlanadi. Mukofot summasi - 25 million sömgaça. Mukofotlar uçun ajratilgan umumiy mablağlar miqdori 300 million söm etib belgilangan.
Tanlov muddati
2019 yilning 20 iyuniga qadar etib belgilangan.
Ta'kidlaş joizki, bugunga kelib Özbekistonning turli hududlaridan 200 dan ortiq ijodiy işlar yöllangan va 20 iyunga qadar hududlar logotiplarini yaratiş istagida bölgan kişilarning işlari kutib qolinadi.










