Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Odilov Koreyaning AUM & LEE Architects & Associates kompaniyasi vitse-prezidenti Li Von Seok bilan uçraşdi.

Muloqotda yangi 265 örinli onkologiya markazini barpo etiş loyihasining navbatdagi bosqiçlari muhokama qilinib, yakunda konsultantlik xizmatlarini körsatiş böyiça şartnoma imzolandi.

Loyiha doirasida markaz xodimlari uçun tibbiy xizmat sifati, radiologiya, yadro tibbiyoti va nur terapiyasi yönalişlarida uç bosqiçli amaliy öquvlar ötkazilişi ham nazarda tutilgan.

AUM & LEE konsorsiumi loyihalaş, qurilişni boşqariş va nazorat qiliş, tibbiy uskunalarni tanlaş, markazning tibbiy xizmatlari hamda axborot tizimini rejalaştiriş kabi yönalişlarda konsultantlik qiladi.

Mazkur loyiha Toşkent şahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda taşkil etilayotgan "tibbiyot klasteri"ning muhim obyekti sanaladi.