
Özbekiston hukumati Buxoro viloyatidagi Qandim neftni qayta işlaş zavodi taşqi infrastrukturasini yaxşilaşga 200 mln dollar ajratadi. RIA Novosti agentligining xabar berişiça, zavod “LUKOyl” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. Bu haqda hukumat qarori jamoatçilikka e'lon qilindi.
Hujjatga köra, “Özbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2017 yilning 1 iyuliga qadar taşqi elektr ta'minoti obektlarini, şu jumladan elektr uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va kengaytiriş işlarini ötkazişi kerak. “Özbekiston temir yöllari” esa öz navbatida 2015 oktabriga qadar Qandim zavodiga keladigan temir yöl infrastrukturasini yaratişi talab etiladi.
2015 yilda “LUKOyl” Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi boşçiligidagi pudratçilar konsorsiumi bilan birgalikda Qandim zavodini quriş böyiça şartnoma imzolagan edi. Şartnoma qiymati 2.66 mlrd dollarga baholanmoqda. Zavodning birinçi navbati 2018 yilda iste'molga kiritilişi aytilmoqda.












