Scopus  versiyasiga köra, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston  Milliy universiteti eng yaxşi universitet sifatida e'tirof etildi. KUN.UZ muxbiri “Scopus Award 2018” Özbekistonning  yaxşi olimlari va oliygohlarini taqdirlaş marosimidan şu haqida xabar berdi.

Şuningdek Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Ilm-fanga qöşgan hissasi uçun” mukofotini qölga kiritdi. Toşkent Pediatriya tibbiyot institutiga “Yil ösişi” nominatsiyasida hamda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga “Yil yutuqlari” nominatsiyasida mukofot topşirildi.

Bundan taşqari, Scopus ma'lumotlari böyiça Samarqand Davlat universiteti kutubxonasi Özbekistondagi eng yaxşi kutubxona deb tan olindi.

Tadbirda şuningdek fizika, kimyo, kosmologiya, innovatsion tadqiqotlar, tibbiyot, gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, injiniring va zamonaviy texnologiyalar böyiça ilmiy işlar olib borgan qator olimlar taqdirlandi.

“SCOPUS AWARD-2018” doirasida taqdirlangan olimlar:

  • «Yil olimi» nominatsiyasida – Dilşod Tölaganov (Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti), Temurbek Usmonov, Bobomurod Ahmedov (Özbekiston Fanlar akademiyasi);
  • “Eng yoş olim” nominatsiyasida – Mirabbos Xöjamberdiyev;
  • “Yil olimasi” nominatsiyasi – Şahlo Turdiqulova.

Taqdirlaş marosimida olti fan kategoriyasida ham eng yaxşi mualliflar aniqlandi: Ibrohim Abdurahmonov - qişloq xöjaligi, Olim Rözimurodov - injiniring va texnologiya, Raufxon Salaxodjayev - gumanitar fanlar, Uluğbek Abdufattoyev - tibbiyot, Bahrom Umirov - tabiiy fanlar, Xegay Tatyana - ijtimoiy fanlar.

Mover.uz'da köriş

Youtube'da köriş