2015 yilning 18 dekabrida jahon ekranlariga çiqarilişi rejalaştirilayotgan “Yulduzlar jangi” filmining yangi qismi – “Yulduzlar jangi. Epizod VII: Kuçning uyğonişi” filmining treyleri internetda namoyişlar yiğiş böyiça rekord örnatdi. Bu natija haqida 19 iyunda Giness rekordlar kitobi e'lon qildi.
Filmning treyleri aprel oyida dastlabki 24 soat namoyişi davomida YouTube portalida 30,65 mln namoyişni töplagan. Hali heç qaysi bir treyler bunday katta miqdorda namoyiş yiğişga muvaffaq bölmagan.
Gollivudlik mutaxassislarning fikriça, “Yulduzlar jangi” filmining navbatdagi 7- filmiga bunday katta qiziqiş bildirilişi unga moliyaviy muvaffaqiyatni kafolatlaydi. Uşbu haftaning boşiga kelib treylerning namoyişlari soni 54,2 mln ga yetdi.
Bu natija uşbu kinoserialning birinçi rekordi emas. Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, 2012 yilda “Yulduzlar jangi”ning barça qismlari keltirgan daromad 30,5 mlrd dollarga yetdi. Bu miqdorga nafaqat namoyişlarga sotilgan çiptalar, balki film bilan boğliq videoöyinlar, kassetalar, mahsulotlar savdosidan tuşgan pullar ham kiradi. Uşbu kinoserial bu natija böyiça hozirda dunyoda 1-örinni egallmoqda.











