Shaxmat boʻyicha Oʻzbekistonning birinchi erkaklar jamoasi Samarqanddagi 46-shaxmat olimpiadasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Soʻnggi 11-turda Ukrainaga qarshi oʻyin yakunlanmasdan chempionlik kafolatlandi, chunki jamoaning chempionlik kurashidagi asosiy raqibi boʻlgan Hindiston Vengriya bilan durang oʻynab qoʻydi va Oʻzbekiston birinchi oʻrinni oʻzida saqlab qoladigan boʻldi.

Oʻzbekiston – Ukraina 2,5:1,5

  • Nodirbek Abdusattorov (2762) – Igor Kovalenko (2642) 0,5:0,5

  • Javohir Sindarov (2778) – Vasiliy Ivanchuk (2630) 0,5:0,5

  • Nodirbek Yoqubboyev (2685) – Igor Samunenkov (2608) 0,5:0,5

  • Muhiddin Madaminov (2611) – Roman Dextyaryov (2508) 1:0

Shu tariqa, Oʻzbekiston 11 turda 22 imkoniyatdan 20 ochko jamgʻardi va birinchi oʻrinni egalladi. Hindiston (18) ikkinchi, Germaniya (18) uchinchi boʻldi.

photo_2026-09-27_18-13-01

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovdan iborat boʻlgan jamoa turnir boshidan buyon gʻoliblik uchun asosiy daʼvogar boʻlib turgandi.

Oʻzbekiston musobaqaning dastlabki 7 turida 100 foizlik natija qayd etdi. Bu oraliqda Hindiston (2,5:1,5) va Xitoy jamoalari (3:1) magʻlub etildi. 8-turda Germaniya gʻalabali seriyani toʻxtatdi, ammo Rustam Qosimjonov sardorligidagi jamoa darhol oʻziga keldi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi hisoblangan AQSH magʻlub etildi, 10-turda esa Armaniston ham taslim etildi.

Barcha natijalar

1-tur. Oʻzbekiston – Yamayka 4:0
2-tur. Oʻzbekiston – Peru 3,5:0,5
3-tur. Oʻzbekiston – Avstriya 3:1
4-tur. Oʻzbekiston – Turkiya 2,5:1,5
5-tur. Oʻzbekiston – Vengriya - 4:0
6-tur. Oʻzbekiston – Hindiston 2,5:1,5
7-tur. Oʻzbekiston – Xitoy 3:1