Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylaşgan Omonqöton darasiga milliy boğ maqomi berilişi uzoq yillardan buyon kutilayotganiga qaramay, bu iş hozirga qadar amalga oşgani yöq. Ayni kunlarda esa bu yerdagi örmonlar hajmi qisqarib bormoqda. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” naşri yozmoqda.
Yaqinda SamDU tabiiy fanlar fakulteti xodimlari tomonidan “Özbekiston ekotizimlari bioxilma-xilligini barqaror qöllaş va asraş mexanizmlarini işlab çiqiş” doirasida Omonqötonga safar uyuştirildi. NNTlar vakillari, OAV xodimlari tabiat bu yerdagi tabiat gözalliklarini kuzatiş imkoniyatiga ega böldi.
Ta'kidlanişiça, atrofda yangi uylar qurilişi bilan Taxtiqoraça dovonidagi örmonlar hajmi ham qisqarib bormoqda.
“Omonqötonga muntazam kelib turamiz, - deydi loyiha iştirokçisi, SamDU ekologiya öqituvçisi Leyla Belyalova. – Biz bu yerdagi odamlarga Omonqöton örmonlarini saqlab qoliş muhimligini tuşuntirişga harakat qilamiz. Ammo odamlar bunga javoban öz muammolari haqida gapiradi – bu yerda gaz yöq, elektr ta'minoti yaxşi emas, qişda qanday yaşaymiz, deyişadi.
Bir neça bor bu yerda gaz quyiş şoxobçasini oçiş haqidagi kiritilgan sörovlar öz javobini topmadi, muqobil energiya manbalarini örnatiş esa mahalliy aholi uçun tuşunarsiz narsa”.










