Misrlik aktrisa Entissar al-Qahira Waalnas telekanali efirida uylanmagan yosh odamlar ko‘proq behayo filmlar ko‘rishi lozimligini aytgani uchun sudda javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.
Entissarning so‘zlariga e'tiroz “Misrni kim yaxshi ko‘radi?” guruhi tomonidan berildi. U 10 noyabrdagi sud eshituvlariga kelishi lozimligi aytildi. Misr qonunchiligiga ko‘ra, u bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.