DW xabariga köra, kelişuv 22-oktabr kuni tuzilgan. U samolyotlarni işlab çiqarişdan taşqari, ehtiyot qismlar va modernizatsiya töplamlarini yetkazib beriş, şuningdek, F-35 parkiga texnik xizmat körsatişni ham qamrab oladi.
Kelişuv şartlariga muvofiq, Lockheed Martin F-35 dasturini rivojlantirişga kamida 7 milliard dollar investitsiya kiritadi.
Kompaniya amerikalik va xorijiy buyurtmaçilar uçun jami yiliga 156 ta samolyot işlab çiqariş darajasini saqlab turişni rejalaştirmoqda. Bu körsatkiç faqat AQŞ qurolli kuçlariga möljallangan 850 ta samolyot bilan çeklanmaydi, balki xalqaro buyurtmalarni ham hisobga oladi.
Hozirça hujjat yakuniy yetkazib beriş şartnomasi hisoblanmaydi. Agar Kongress köp yillik xarid dasturini maʼqullasa, tomonlar narxlar, yetkazib beriş muddatlari va boşqa şartlarni qöşimça ravişda kelişib olişi kerak böladi.
Pentagon bahosiga köra, uzoq muddatli kelişuv işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va AQŞ mudofaa sanoatini mustahkamlaşga yordam beradi.
Lockheed Martin rahbari Jim Tayklet esa hukumatning uzoq muddatli majburiyatlari kompaniyaga işlab çiqariş va taʼminot zanjirlariga sarmoya kiritiş imkonini berişini taʼkidlagan.
F-35 AQŞ va qator ittifoqçi davlatlarning qöşma loyihasi hisoblanadi. Işlab çiqaruvçi maʼlumotiga köra, dunyo böylab uşbu turdagi 1375 tadan ortiq samolyotdan foydalanilmoqda. Yangi kelişuv xalqaro buyurtmalarni ham qamrab oladi.
AFP agentligi bu qiruvçilarga xorijda ham qiziqiş saqlanayotganini qayd etgan. Sentabrda AQŞ Saudiya Arabistoniga 24,3 milliard dollarlik 48 ta F-35 sotilişini maʼqullagan.
Rossiyaning S-400 havo hujumidan mudofaa tizimlarini xarid qilganidan keyin 2019-yilda F-35 dasturidan çiqarilgan Turkiya ham avvalroq uşbu samolyotlarni oliş imkoniyati tiklanişiga umid bildirgan edi.













