Afğoniston poytaxti Kobul şahridagi diplomatik markazda uç marta portlaş sodir böldi. Reyter agentligi xabariga köra, raketa zarbalari natijasida portlaşlar yuz bergan.

Politsiya ma'lumotiga köra, portlaşlarning biri AQŞ elçixonasi yaqinida, ikkinçisi Şirpur tumanidagi Ispaniya elçixonasida, uçinçisi esa şahar markazida sodir bölgan.

Jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yöq.

Eslatib ötamiz, 21 dekabr kuni Afğonistonning Bagrom şahri yaqinidagi NATO qarorgohi hududida xudkuş terrorçi özini portlatişi tufayli 6 kişi halok böldi.

Afğoniston hukumati mamlakatdagi teraktda 6 nafar NATO harbiysi vafot etganini tasdiqlagan.

2 hafta oldin Kobuldagi terakt tufayli Ispaniya elçixonasining 7 nafar xodimi nobud bölgandi.