Özbekiston mudofaa vazirligi qoşidagi jamoat kengaşi Ikkinçi jahon uruşi yakunining 70 yilligi munosabati bilan Rossiyada, undan söng esa qöşni davlatlarda urf böla boşlagan Georgiy tasmalarining örniga Özbekiston davlat bayroği timsollantirilgan tasmalardan foydalanişni taklif qildi.

“Georgiy tasmalarini öz maşinalari antennalariga ilişadi. Bu qayerdan keldi? Bizga qanday aloqasi bor? Nega uning örniga öz bayroğimizni işlatmaymiz?”, - dedi kengaş raisi Iqboljon Mirzaaliyev.

Uning fikriga köra, Georgiy tasmasining Özbekistonga heç qanday aloqasi yöq va odamlarga buni tuşuntiriş lozim.

Rossiya jurnalistlari va jamoatçilik faollari 2015 yil davomida Georgiy tasmasini harbiy şuhrat va ğalaba timsoli ölaroq tarğib qilib keldi. Ammo qöşni davlatlarda bu ramzga bölgan munosabat turliça. Unga rus millatçiligi hamda Rossiya Imperiyasining Örta Osiyodagi istilolari ramzi sifatida qaraydiganlar ham bor. Şu tufayli mazkur tasmaning qöllanilişi bahslarga sabab bölmoqda.