12:41 / 04.02.2016
4857

«Kun» Facebook, Twitter, Instagram va Telegram’da eng ko‘p o‘quvchiga ega o‘zbek nashri bo‘ldi

«Kun» nashrining Facebook’dagi sahifasi o‘quvchilari soni 29 700 nafar kishidan oshdi. Shu tariqa «Kun» Facebook’da eng ko‘p o‘quvchiga ega o‘zbek nashriga aylandi.

Shuningdek «Kun» o‘zbek OAVlari orasida Twitter, Instagram va Telegram’da eng ommabop o‘zbek tilidagi nashr hisoblanadi.

«Kun»ning eng ko‘p o‘quvchiga ega sahifasi Instagram’da bo‘lib, unda 80 000 kishi yangiliklarimizni o‘qib bormoqda. Keyingi o‘rinni esa Facebook’dagi 29 700 nafar o‘quvchiga ega sahifamiz band etib turibdi.

Shuningdek, «Kun»ning Telegram’dagi o‘quvchilari soni 27 000 kishini tashkil etsa, Twitter’da 13 400 nafar folloverimiz mavjud.

Bizga ishonganingiz va bizni muntazam o‘qib borayotganingiz uchun katta rahmat!

Top