Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam maşinasiga yöl bermagan haydovçi haqidagi video tarqaldi.

Unda tez tibbiy yordam xodimi BYD rusumli avtomobil haydovçisidan yöl berişni ovozkuçaytirgiç yordamida bir neça marta söraydi. Biroq, haydovçi bunga eʼtibor bermasdan harakatlanişda davom etadi.

Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovçining şaxsi aniqlanib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.

Haydovçi yuz bergan hodisani qasddan qilmaganini aytdi. Oynalar yopiq bölgani va aşula eşitib ketayotgani sababli tez yordam çaqiriğini eşitmay qolgani bilan izohladi.

Transport vositasi vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirildi.