Farğona viloyatiga yangi prokuror sifatida Muzaffar Abdurahmonov tayinlangan. Bu haqdagi Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruği 2016 yil 31 martida çiqarilgan.
"Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga muvofiq adliya maslahatçisi Abdurahmonov Muzaffar Mamuroviç Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura töğrisida»gi Qonuniga asosan Farğona viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi", deyiladi Özbekiston boş prokuraturasi saytida.
Bungaça Abdurahmonov Muzaffar Namangan viloyati prokurorining birinçi örinbosari sifatida işlagan. U biroz oldinroq, Farğona viloyatining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan Bahodir Pölatovning örnini egalladi.











