Milliy ekspert palatasining vitse-prezidenti, huquqşunos Mixail Tsivin Janna Friskening onasi firibgarlik uçun jazoga tortilişi mumkinligini aytib ötdi. Uning fikriça, Olga Friskeni qamoqqa oliş ehtimoli kamroq.

«U barça yordam berişni istagan marhuma xonandaning onasi. Ayolning yoşi uluğligini hisobga oladigan bölsak, unga aniq belgilangan qamoq jazosi tayinlanmasa kerak, mazkur holatda majburiy tölovni undiriş orqali şartli jazo berilişi mumkin”, — deydi huquqşunos.

Mixail Tsivin marhuma xonanda Janna Friskening oila a'zolari davolaş uçun yiğilgan mablağlarni qaytarib berişi şartligini qayd etmoqda.

“Men Friskening oilasiga Rusfond bilan tinçlik şartnomalarini imzolagan holda, olingan pullarni zudlik bilan yoki belgilangan muddat içida qaytarib berişlarini maslahat beraman. Aks holda, bu qalloblik, davlat mol-mulkini atayin özlaştirib oliş va işonçni suiiste'mol qiliş kabi jinoyatga aylanadi. Xonandani davolaş va uning operatsiyasi, dorilari uçun sarflangan xarajatlar heç qayerda qayd etilmagan. Bu begonalarning puli va ularni öz ehtiyojlariga sarflab yuboriş mumkin emas”, — deya qöşimça qildi yurist.

2014 yilning 28 oktabrida Friskening hisobiga «Rosbank»dan 25 million rublga yaqin pul kelib tuşgan. Jannaning ölimidan ikki hafta oldin esa barça pullar uning onasi Olga Friske tomonidan yeçib olingan.