Sammitda Özbekiston özining Milliy pavilonini oçdi. U milliy qadriyatlarimizga mos ravişda «Uzumzor - ötmiş merosi, bugunning yeçimi va kelajak ilhomi» degan ğoya asosida qurilgan bölib, tabiiy soya va salqinlik muhitini aks ettiradi. Pavilonda xorijiy mehmonlarga mamlakatimizdagi «Yaşil makon», «Toza havo», «Çiqindidan xoli hudud» kabi loyihalar hamda «Green University» faoliyati taniştirilmoqda. Anjuman davomida bu yerda 40 dan ortiq uçraşuv va taqdimotlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Konferensiyadagi eng katta yangiliklardan biri - Markaziy Osiyo tabiatini tiklaşga qaratilgan yirik dasturga (CLiCA) start berilgani böldi. Yaşil iqlim jamğarmasi, Germaniya hukumati va Yevropa investitsiya banki kömagida amalga oşiriladigan uşbu loyiha doirasida Özbekistonga 103,7 million yevro ajratiladi. Bu mablağlar Andijon, Farğona, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining 15 ta tumaniga yönaltiriladi. Loyiha orqali 18 ming gektar örmon va 123 ming gektar yaylov qayta tiklanadi, fermer xöjaliklarida tomçilatib suğoriş tizimlari va issiqxonalar quriladi, qurğoqçilikka çidamli ekinlar ekiladi. Şuningdek, 12 ming nafar fermerga maslahat va kredit olişda kömak berilib, jami 342 ming nafar aholining iqlim özgarişlariga moslaşişiga yordam körsatiladi. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov bu dastur qoğozda qolib ketmasdan, amalda yaşil yonbağirlar, tiklangan yaylovlar va barqaror fermer xöjaliklariga aylanişi kerakligini taʼkidladi.

Sammit doirasida Adaptatsiya jamğarmasi rahbari Mikko Ollikaynen bilan ham uçraşuv ötkazildi. Unda qişloq xöjaligi va fermerlarni iqlim özgarişidan himoya qilişga qaratilgan 15,4 million dollarlik loyihalar muhokama qilindi. Özbekiston tomoni Toşkent şahrida Adaptatsiya jamğarmasining Markaziy Osiyo davlatlari uçun mintaqaviy markazini oçişni taklif etdi. Bundan taşqari, Orolböyi hududida çang va tuz böronlariga qarşi kuraşiş hamda xavflarni sunʼiy intellekt yordamida oldindan aniqlaş masalalari körib çiqildi.
Antaliyada Turkiyaning Atrof-muhit, şaharsozlik va iqlim özgarişi vaziri Murat Kurum bilan ötkazilgan muzokaralar yakunida ikki davlat örtasida ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga köra, Özbekiston va Turkiya havo hamda suv ifloslanişining oldini oliş, çiqindilarni qayta işlaş, çöllanişga qarşi kuraşiş va yaşil şaharlarni rivojlantiriş böyiça birgalikda iş olib boradi.
Şuningdek, Jahon meteorologiya taşkiloti rahbariyati bilan ötkazilgan uçraşuvda ob-havoni kuzatiş tizimlarini zamonaviylaştirişga kelişib olindi. Xususan, Özbekistonda qum va çang böronlarini oldindan aniq prognoz qiliş, havo sifatini doimiy kuzatib boriş hamda aholini xavfli ob-havo hodisalaridan erta ogohlantiriş tizimlari kuçaytiriladi.










