Oppo ötgan yilgi körsatkiç (7,3 millionta smartfon)ga nisbatan 2016 yilning birinçi mavsumida savdodagi 150 foizli ösiş bilan (18,5 millionta smartfon) öz rekordini qayd etdi va IDC ma'lumotiga köra, birinçi marotaba eng talabgir smartfon brendlari beştaligidan örin egalladi. Orro uçta gigant kompaniyalar - Samsung, Apple va Huawei’dan keyin faxrli törtinçi örinni zabt etdi. Oppo ikkita yangi F seriyali qurilmalari tufayli mavsumda eng köp sotilgan smartfonlar qatoridan joy oldi.

F1 va F1 Plus smartfonlarining dizayni va fotoimkoniyatlari uçun juda köp ijobiy fikrlar bildirilgan. Plus-talqinda 16-megapikselli f/2,0 aperturaga ega old kamera va 13-megapikselli f/2,2 diafragmaga ega bölgan asosiy kamera joylaşgan. Aynan şu körsatkiçlar sifatli selfi işqibozlari könglini zabt etdi.

IDC va Sino-MR ma'lumotiga köra, Oppo F1 va F1 Plus Xitoydagi smartfonlar offlayn-savdosining 48,2 foizini taşkil etdi.

2015 yilda Oppo sakkizinçi örinni egallagan holda eng maşhur smartfon brendlari röyxatining kuçli öntaligidan joy olgan edi. Yil söngiga kelib, kompaniya özining savdodagi sezilarli körsatkiçlari bilan barçani lol qoldirdi: 50 millionta qurilmalar sotildi. 2016 yilning boşida kompaniya daromadining keskin ösişini hisobga olgan holda aytiş mumkinki, şu zaylda Oppo eng yuqori çöqqini ham zabt eta oladi.