KGI Securities tahlilçisi Min-Çi Kuo ma'lumotiga köra, joriy yilning söngida taqdim etiluvçi iPhone’ning navbatdagi avlodlari ayfonlar sotuvi hajmining keskin tuşib ketişini töxtatib qola olmaydi. Şunday qilib, Galaxy S7 flagmani tufayli Samsung kompaniyasi dunyo bozorida smartfonlar sotuvi böyiça yetakçiga aylandi. Min-Çi Kuo keltirib ötgan ma'lumotlarni IDC tahlilşunoslari ham tasdiqlaşdi.
Samsung 2015 yilning birinçi mavsumidagi 81,9 millionga yaqin smartfonlarga soliştirganda, joriy mavsumda 82,4 millionta qurilmalarni sotişga muvaffaq bölgan. Apple uçun birinçi mavsum omadsiz keldi: bor-yöği 51,2 millionta iPhone sotildi, bu körsatkiç esa ötgan yilning anologik davriga nisbatan 10 millionga kamroqdir.
Sotiliş körsatkiçi böyiça uçinçi örinda 27,5 millionga yaqiye qurilmalarni sotişga muvaffaq bölgan Huawei kompaniyasini köriş mumkin. Törtinçi va beşinçi örinlarga xitoylik işlab çiqaruvçi kompaniyalar Oppo va Vivo joylaşdi.








