BAAdagi kasalxonalarning birida heç qanday jarrohlik amaliyotidan foydalanmagan holda hayot uçun zarur bölgan yurak operatsiyasi muvaffaqiyatli tarzda amalga oşirildi va bu tibbiyot olamida katta yangilikka aylandi.

RAK şifoxonasining şifokorlari bir neça yillar davomida bemorning yurakdagi qon aylanişiga tösqinlik qilayotgan va kuçli oğriq berayotgan notabiiy ösgan töqimalar - sub-aortal membranani jarrohliksiz ballonli dilatatsiya jarayoni orqali davolaşga muvaffaq bölişdi.

“Teri orqali ballonli dilatatsiya texnologiyasi” deb nom olgan innovatsion amaliyot nafaqat köp holatda tavakkalçilik bilan qilinuvçi jarrohlik operatsiyalarini örnini bosa oladi, balki jarrohlikdan söng terida qoluvçi izlardan xalos etişga va bemorning soğliği tabiiy yöl bilan tezroq tiklanişiga yordam beradi.

19 yoşli nigeriyalik bemor tuğma yurak xastaligiga çalingan edi, buning oqibatida sönggi yillarda, uning yuragi urişdan töxtab qoliş holatlari köp bor takrorlanib turdi. Qizning uyiga şifokorlar tez-tez kelib tursa-da, ular bu xastalikning oldini oliş yoki yengillaştiriş uçun heç qanday çora topa olişmadi. Nigeriyada ötkazilgan sinov operatsiyalari yurak qon aylaniş tizimiga jiddiy ta'sir körsatib, qizning ahvolini yanada oğirlaştirdi.

Bemorning xastaligi kamdan-kam uçraydigan kasallik bölib, u qonning yurak qismiga yetib borişiga tösqinlik qiladi va oqibatda butun tanada kislorod tanqisligini keltirib çiqaradi.

Şundan söng, bemor BAAdagi RAK şifoxonasiga jönatildi. U yerda şifokor Ajay Kanojia aortadan kiçik masofa uzoqlikda joylaşgan ingiçka sub-aortal membranani topişga muvaffaq böldi. Membranada bir neça teşiklar bölganligi sababli u yurakka oz miqdorda qonni yuborişga yordam berdi.

"Bu amaliyot 40-45 daqiqaga çözildi. Amaliyotdan söng bemor biroz dam olgaç, butunlay soğayib ketdi", - deydi şifokor Ajay Kanojia. Şifokor mazkur operatsiyani Sitaram Radxakrişnan bilan birgalikda ötkazdi.