50 yil içida birinçi marta AQŞdan Kubaga kruiz layneri yöl oladi, deb xabar bermoqda Channel News Asia. Carnival korporatsiyasiga tegişli, Floridada joylaşgan Fathom line operatorining Adonia kemasi Mayami sohili yaqinida langarda turibdi va 2 may mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da (Toşkent vaqti bilan 3 may 00:30da) 700 nafar yölovçi bilan Kubaga yöl oladi.

Bu kruiz Carnival tomonidan ikki davlat örtasida madaniy almaşuvlarga kömak körsatiş maqsadida uyuştiriladigan sayohatlar seriyasining birinçisi böladi. Taxminlarça, reyslar bir oyda ikki marta amalga oşiriladi. Kemaga çipta narxi kişi boşiga 1800 dollardan 7 ming dollargaçani taşkil qiladi.

Adonia’ning reysi davomida Kubaning Gavana, Senfuegosa va Santyago-de-Kuba portlarida madaniy tadbirlar ötkaziş közda tutilgan. Bu tadbirlar orasida rassomlar, musiqaçilar, biznes vakillari bilan uçraşuvlar, raqs sinflari va ekskursiyalar bor.

Ikki hafta oldin Kuba hukumati AQŞdagi kubaliklar uçun dengiz aloqasiga çeklovlarni bekor qildi. AQŞda esa madaniyat, fan, sport va din bilan boğliq sayohatlardan taşqari, Kubaga boşqa muntazam sayohatlar uyuştiriş hamon taqiqlov ostida qolmoqda. AQŞdan Kubaga muntazam reyslarni yil oxiridan boşlaş kutilmoqda. 

Bundan avvalroq AQŞ va Kuba bir neça önlab yillardan keyin AQŞ rahbariyati taşabbusi bilan diplomatik munosabatlarni qayta boşlaşdi. Mart oyida Barak Obama AQŞ prezidentlari orasida oxirgi 90 yil içida Kubaga taşrif buyurgan birinçi prezident böldi.  

Obama fevralda Kubaga sayyohlik taşriflariga çeklovlarni yumşatgandan keyin, amerikalik sayohatçilar orolga köplab kela boşladilar.

1959 yilda Kubada yuz bergan inqilobdan keyin AQŞ hukumati Kubaga nisbatan savdo embargosi kiritgan, 1961 yildan esa diplomatik aloqalarni uzgandi.