Kim öz yurtini sevmasa, u heç nimani seva olmaydi.

(Jorj BAYRON, ingliz şoiri)

Ançadan beri Vatan haqida yozişga urinaman. Biroq, heç narsa çiqmayotganga öxşaydi. Qoralamalarim qoralama holida qolib ketaveradi. Öylasam, Vatan haqida yoziş juda qiyin ekan. Negaki, Vatan bizga Alloh tomonidan berilgan eng buyuk ne'mat bölib, u haqda har qança yozsang ham yana qaysidir jihatlari qolib ketayotganday, göyo misralar ojiz, rangsiz, ğaribday tuyulaverarkan. Vatan haqida aytmoqçi bölganlaring esa, behisob. Şunçalar köpki, hisobdan adaşib ketasan kişi...

Xalqimiz odatda Vatan söziga Ona sözini qöşib talaffuz qiladi: Ona vatan. Bu Vatanning onaday aziz, mehribon, jonkuyarligiga işora bölsa kerak-da. Axir inson uçun onadan azizroq kişi bormi? Jismu jon ato qilib, yana boşimizda tunlarni bedor ötkazgan zotdan, a? Öziga bori zahmatlarni olib, rohatni farzandiga ilinganini ta'riflaşga har qança "mehribon" degan söz kamlik qilmaydimi? Özga jon uçun, uning baxti, kamoli, ertangi kuni deb kerak bölsa, öz jonidan ham keçadigan yana kim bor olamda?! Aslida esa, mana şu tuyğu, tasavvur, rişta, şunça mehrning hammasi Vatanning bir parçasi, bir bölagi xolos.

Tumanimiz qişloqlaridan birida yaşovçi bir yigit bilan gaplaşib qoldim-u Ona bilan Vatanning yana bir umumiy jihatini kaşf etdim özimga. Bu – ularning har ikkisiga xos bölgan keçirimlilik fazilati edi.

Yigit yaqindagina jazoni ijro etiş joyidan qaytgan ekan. Konstitutsion tuzumga qarşi çiqişdek oğir jinoyatni sodir etganiga qaramay, keçirilibdi.

– Mustaqillikning ilk yillari edi, – deb söz boşladi u. –Hali ongi töliq şakllanib ulgurmagan öspirin bolaman. Mahallamizdagi bir oilaning dindor, namozxonligiga juda havas qilardim. Keyin men ham şularga öxşaşni istab qoldim. Ustoz ham tez orada topildi. Men diniy ta'lim olişni, xat-savod çiqarişni boşladim. Biroq, yillar ötib tuşundimki, islomiy ta'lim, deb berilayotgan öşa bilimlar meni dindan uzoqlaştiriş, ongimni zaharlab manqurtga aylantiriş, mendan öz Vatanimga qarşi qurol yasaşga qaratilgan ekan.

Ha, yigit haq edi. Mustaqillik tufayli yurtimizda dinga bölgan munosabat özgarib, pok Islomiy qadriyatlar tiklandi. Odamlarimiz emin-erkin namoz öqib, röza tutadigan, istasa, Haj ziyoratiga bemalol boradigan bölişdi.

U yana bir narsani töğri anglab yetibdi: Vatanimiz ozod bölib, öz taqdirini özi belgilaydigan kunlarga yetişgani, endi porloq kelajak yaqinligini köra olmaydigan kuçlar hali tajribasiz, ğör yoşlar, bilimsiz kişilarni yöldan uriş harakatiga tuşib qolgandilar.