Professional boksning superoğir vazn toifasida WBA, WBO hamda IBO yönalişlari çempioni britaniyalik Tayson Fyurining (25-0, 18 KO) murabbiyi Piter Fyuri hali öz şogirdi faoliyatini yakunlamoqçi emasligini bildirdi.
"Men u bilan bu borada gaplaşdim. Uning faoliyatini yakunlaşi haqidagi gap uni Britaniyada yaxşi qabul qilişmayotgani sabablidir. Öylaymanki, u AQŞga borib muxlislar hurmatiga sazovor böladi. U boks tuşişda davom eta oladi. U haqiqiy jangçi va jahon çempioni. U öz şuhratini mustahkamlaydi", degan Piter Fyuri.
27 aprel kuni Fyuri va Kliçko iştirokidagi Mançester şahridagi matbuot anjumanida ukrainalik boksçi Uaylder, Joşua va Fyuriga "oşxonada kim xöjayin ekanini" körsatib qöymoqçiligi haqida aytib ötgandi.
Eslatib ötamiz, Kliçko va Fyuri örtasidagi revanş jangi 9 iyul kuni Mançester şahrida bölib ötadi.
Bundan oldinroq, Tayson Fyuri sobiq jahon çempioni Vladimir Kliçkoga qarşi ötkaziladigan jangdan söng faoliyatini yakunlaşini ma'lum qilgandi.











