Joan Rouling öz tvitter sahifasida Harri Potter töğrisidagi sönggi kitobda professor Rimus Lyupinni “öldirgani” uçun keçirim söradi.
Bu yili muallif an'ana böyiça Hogvarts uçun jang kunida muxlislarning sevimli qahramonining “vafoti” uçun uzr söradi. Jangda Rimus bilan birga uning xotini Nimfadora Lyupin (Tonks) ham nobud böladi.
Roulingning sözlariga köra, bunday qarorga keliş uning özi uçun ham oğir bölgan. Muharrir yozuvçining yiğlaganini u aynan professorning ölimini tasvirlayotgan paytdagina körgan.











