Harri Potter haqidagi ilk ertakka 20 yil töldi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si». 1997 yilning 26 iyun kuni Londondagi Bloomsbury naşriyoti Joan Roulingning «Harri Potter va falsafa toşi» kitobini bosmadan çiqardi.
Ayni damga kelib dunyo böylab potteriananing barça qismlari 450 mln nusxada sotilgan.
Köpçilikning fikriça, Roulingning ertaklari bolalar adabiyotiga nafaqat bolalar, balki kattalarning ham qiziqişini qaytardi.

Harri Potter haqidagi sakkizta film jahon prokatida 7,7 mlrd dollar işlab oldi. Şuningdek, ertakka asoslangan qator spektakllar ham sahnalaştirilgan.
Avvalroq Rouling yoş sehrgar haqidagi kitoblar turkumida boş qahramondan taşqari boşqa Harri Potter ham bölgani haqida sözlab berdi.


















