Britaniyalik yozuvçi Joan Rouling Forbes jurnalining 2019 yildagi eng köp haq tölanuvçi yozuvçilari reytingida birinçi öringa joylaşdi.

Rouling Nyu-Yorkdagi Brodvey teatridagi spektaklga sotilgan çiptalar, 2,8 mln nusxadagi kitoblari Harri Potterga bağişlangan köngiloçar parkdan kelgan daromad hamda ekranlaştirilgan kitoblari kassa yiğimlaridan tuşgan tuşum ortidan yetakçilikni qölga kiritdi. Uning jami daromadi 92 mln dollarni taşkil etdi.

Reytingda ikkinçi örinni Bill Klinton bilan hammualliflikda “Prezident yöqolib qoldi” romanini yozgan amerikalik Jyeyms Patterson egalladi. Uning daromadi 70 mln dollar deb baholanmoqda.

“Tiklaniş” kitobi sotuvi orqali 36 mln dollar işlagan AQŞning sobiq birinçi xonimi Mişel Obama uçinçi örindan joy oldi.