Britaniyalik aktrisa Meggi Smit 89 yoşda olamdan ötdi. Bu haqda BBC News uning farzandlari Tobi Stivens va Kris Larkinga asoslanib xabar bermoqda.

Ularning sözlariga köra, Smit xonim hayotining sönggi kunlarini Londondagi şifoxonada yaqinlari qurşovida ötkazgan.

«Juda yopiq odam sifatida u hayotining oxirgi qismini döstlari va oilasi bilan ötkazdi. Undan ikki öğil va beş nafar sevimli nabira qoldi, ular mehribon onasi va buvisidan mahrum bölişdi. Biz şifoxona xodimlariga uning hayotining sönggi kunlarida körsatgan ğamxörligi va davomiy mehri uçun minnatdorçilik bildiramiz», — deyilgan bayonotda.

Meggi Smit Harri Potter haqidagi filmlarda professor Minerva Makgonagall rolini ijro etiş orqali tanilgandi, şuningdek, kinoixlosmandlar uni «Daunton abbatligi» seriali va boşqa köplab kartinalardagi ijrosi orqali bilişardi: Smit xonim — «Oskar» mukofotining ikki karra  laureati bölgan (1970 yilda — «Miss Jin Brodining porlaşi», 1979 yilda — «Kaliforniya oteli» filmlari uçun). 1989 yilda Britaniya imperiyasi Ordeni Komandor-xonimi darajasini olgan.

1950-yillardan boşlangan faoliyati davomida u juda köp rollar ijro etgan — Dezdemonadan tortib miss Jin Broudi, Virjiniya Vulf va Minerva Makgonagallgaça. «Mening kareram murakkab, - degandi u 2004 yilda Guardian uçun bergan intervyusida. Men komediya ampluasi asiriga aylanib qolgandekman. Agar siz komediyada suratga tuşsangiz, sizni hisobga olişmaydi. Komediyani heç qaçon jiddiy iş deb qabul qilişmagan». Ammo Smit yumoristik bölmagan dramatik rollarni ijro etişga ham ulgurgandi: u Milliy teatrda Lorens Olive bilan öynagan, «Judit Hirnning yolğizlikdagi hissiyotlari» filmidagi ijrosi uçun eng yaxşi ayol aktrisa sifatida BAFTA mukofotini qölga kiritgan, 1970 yilda Ingmar Bergmanning «Gedda Gabler» filmida boş rolni ijro etgan.

Smit 1934 yilda Oksfordda tuğilgan va ösmirlik çoğlaridayoq şahardagi Playhouse teatrida rol öynaşni boşlagan. 1952 yildan kinolarda ham suratga tuşişni boşlagan, 1958 yilda Set Holtning «Heç qayerga yöl yöq» trillerida ilk jiddiy rolini olgan, bu ijrosi orqali ikkinçi plandagi eng yaxşi aktrisa nominatsiyasida BAFTA mukofotiga nomzod bölgan. Keyinroq Lorens Olive bilan yaqindan işlay boşlagan, 1962 yilda u tomonidan qayta uyğonayotgan Milliy teatrga taklif etilgan, bu yerda qator spektakllarda öynagan, jumladan «Otello»da Dezdemona rolini ijro etgan.

1969 yilda u «Miss Jin Broudining porlaşi» filmida boş rolni ijro etadi — bu Myuriel Sparkning edinburglik maktab öqituvçisi, Mussolinidan hayratlanadigan ayol haqidagi romanining ekranlaştirilişi bölgandi; 1970 yilda Smit bu roli uçun eng yaxşi aktrisa sifatida «Oskar» mukofotini qölga kiritadi. 2001 yilda Smit Harri Potter haqidagi filmlar seriyasida Minerva Makgonagall rolini oladi, franşizaning «Ajal tuhfalari»ning birinçi qismidan boşqa barça qismlarida qatnaşadi. Aynan öşa paytlarda u «Daunton abbatligi» serialida grafinya Grentem rolini oladi va bu rolni 2019 va 2022 yillarda çiqqan ikki filmda takrorlaydi. Aktrisa iştirokidagi boşqa filmlar qatorida — «Nildagi ölim», «Missioner», «Birinçi rafiqalar klubi» kabilar bor.