Xiaomi asosçilaridan biri va vitse-prezidenti Lyu De (Liu De) Pekinda ötkazilgan anjumanda smart-soatlar işlab çiqariş haqidagi xabarni tasdiqladi. «Aqlli» soatlarning yangi modeli Mi Watch elektron bozorga taqdim etiliş uçun tayyor va uning anonsi joriy yilning ikkinçi yarmida ötkazilişi rejalaştirilgan. 
Tafsilotlarga köra, Mi Watch aqlli soatlarining taqdimoti qandaydir sabablarga köra qoldirilgan. Anons avvalroq ötkazilişi kutilgan edi.

Avvalroq, Xiaomi uçun şartnoma asosida Mi Band fitnes-bilakuzuklarini işlab çiqaruvçi Huami kompaniyasining boş direktori bilakuzukning navbatdagi talqini va Mi Watch smart soatlari ikkinçi mavsumda sotuvga çiqarilişini xabar qilgan edi. Şunga köra barça 10 may kuni nafaqat Xiaomi Mi Max fabletining taqdimoti, balki Mi Watch smart soatlarining ham anonsi bölişi kerak edi.

Lyu De Mi Watch smart soatlarining hususiyatlari haqida batafsil töxtalib ötişni lozim topmadi. Şuningdek, hozirgaça unda qaysi dastur platformasidan foydalaniş mumkinligi ham aniq emas. Xiaomi qurilmasi Android’ ga asoslangan bölib, biroq qoidaga muvofiq, kompaniya Google xizmatidan foydalanişni istamaydi, şu sababli taqiluvçi qurilma Android Wear boşqaruvi ostida işlaydimi yoki maxsus ta'minot dasturidan foydalaniladimi, hozirça noma'lum. Yangi soatning narxi haqida söz yuritişga hali erta bölsa-da, Xiaomi barça qurilmalarining hamyonbopligi bilan ajralib turişini eslatib ötamiz.