«Verona» hujumçisi Luka Toni öz futbolçilik faoliyatini yakunlaşini ma'lum qildi. Uning bildirişiça, A Seriyaning 37-turida «Yuventus»ga qarşi keçadigan öyin faoliyatidagi sönggisi bölib qoladi.
«Yakşanba kungi bahs mening professional futbolçilik faoliyatimdagi oxirgisi bölib qoladi.
Bu qarorga keliş juda oğir böldi. Lekin muxlislar bilan Veronadagi stadionda xayrlaşaman.
Menda jamoa prezidenti bilan heç qanaqa kelişuv bölmadi. Bizning şartnomamiz şu mavsum oxirigaça tuzilgandi. Agar mening ğoyalarim jamoa ğoyalari bilan mutanosib kelsa, men şu yerda işlaşda davom etişdan xursand bölardim», – degan Toni.
Ayni vaqtda 39 yoşga çiqqan Toni turli yillarda «Palermo», «Fiorentina», «Bavariya», «Roma» va «Yuventus» jamoalari safida töp surgan.
Toni Italiya terma jamoasi safida 2006 yilda jahon çempioni bölgan. Şu yilda «Bavariya»da Germaniya çempionligi va mamlakat kubogi ğolibligiga erişgan.
U Italiya çempionatida ikki marta mavsum töpurari bölgan (2005/06 – 31 gol, 2014/15 – 22tadan gol, Mauro Ikardi bilan birga) va «Oltin butsa»ni qölga kiritgan.












